«pedagogika universiteti» tegli maqolalar


Prezident Yangi Toshkentdagi binolar qurilishiga tamal toshi qo‘ydi
3 aprel 2024, 22:28

Prezident Yangi Toshkentdagi binolar qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahridagi ilk inshootlar qurilishini boshlab berdi. Bu yerda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Adabiyot muzeyi quriladi. Davlat rahbari o‘z nutqida: “Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, — dedi.

Toshkentda ayol rashk sabab talaba qizni «samosud» qildi
19 sentabr 2022, 17:06

Toshkentda ayol rashk sabab talaba qizni «samosud» qildi

Toshkentda ayol rashk sabab Pedagogika universiteti talabasini «samosud» qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliygoh matbuot xizmatiga ko‘ra, holat talabaga ham tushunarsiz bo‘lgan. Qiz voqea yuzasidan IIOga ariza yo‘llagan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi
24 iyun 2022, 19:06

Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi

2023 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqil OTM bo‘ladi. 2024/2025 o‘quv yilida pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul vaqtida avval abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi. Undan o‘tganlar kirish test sinovlarida qatnashadi.

Pedagogika universitetiga yangi rektor tayinlandi
17 noyabr 2021, 12:31

Pedagogika universitetiga yangi rektor tayinlandi

Abdug‘affor Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi. Universitetning sobiq rektori Alisher Umarov lavozimidan ozod etildi.

«Bu kabi holatlar dengizdan tomchi». Saida Mirziyoyeva — universitetda talaba qizga tegajog‘lik qilingani haqida
27 oktabr 2021, 20:58

«Bu kabi holatlar dengizdan tomchi». Saida Mirziyoyeva — universitetda talaba qizga tegajog‘lik qilingani haqida

Saida Mirziyoyeva Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari va talaba qiz bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirdi. «Lekin jamoatchilikka oshkor etilayotgan bu kabi holatlar dengizdan tomchi ekanini barchamiz anglab turibmiz», — deydi u. Qo‘shimcha qilinishicha, «aybdorlar javobgarlikdan qocha olmasligi uchun bunday hodisalarning har biri jamoatchilikka oshkor qilinishi shart».

Pedagogika universiteti rektori sud qarorini bajarmagani uchun jarimaga tortildi
14 oktabr 2020, 19:52

Pedagogika universiteti rektori sud qarorini bajarmagani uchun jarimaga tortildi

TDPU rektori Alisher Umarov sud qarori ijrosini ta’minlamagani uchun BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Unga noqonuniy ishdan bo‘shatilgan kafedra mudirini lavozimiga qayta tiklash yuklatilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting